05:47 / 06.05.2015
2336

Meyvezer Pakyao bilan revansh o‘tkazishga rozi bo‘ldi

AQShlik bokschi Floyd Meyvezer filippinlik Menni Pakyao bilan revansh o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Meyvezer filippinlik bokschi u bilan o‘tkazgan jangiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida olgan yelkasining jarohati tuzalishini kutib turishga tayyorligini ma'lum qildi.

Yaqin orada Pakyao operatsiya qilinadi, shundan so‘ng 9–12 oy unga tiklanishi uchun zarur bo‘ladi. Floyd bilan Menni o‘rtasidagi ikkinchi jang 2016 yilning may yoki sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Pakyao o‘z jarohati haqidagi haqiqatni Nevada shtatining Atletika komissiyasida anketadan o‘tish paytida yashirgani uchun filippinlik bokschiga jarima ko‘rinishida yoki chetlatish bilan jazo berilishi mumkin.

Avvalroq 38 yoshli Meyvezer o‘zining oxirgi jangini shu yilning sentabr oyida o‘tkazishini, so‘ngra66,68 kilogrammvazn toifasidagi o‘zining barcha chempionlik kamarlaridan (WBA, WBO, WBC) voz kechishini ma'lum qilgandi.

Meyvezer va Pakyao o‘rtasidagi jang 2 mayda Las-Vegasda bo‘lib o‘tdi va jangda hakamlarning bir ovozdan AQShlik bokschining g‘alabasini e'lon qilishdi.

Sportchilarning gonorarlari boks tarixidagi eng katta gonararlar bo‘ldi: Meyvezer 180 mln dollar, Pakyao 120 mln dollar olgan.

Top