10:24 / 06.05.2015
1893

Nazarboyev Joze Manuel Barrozani “Dostyk” ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Yevropa Komissiyasining sobiq raisi Joze Manuel Barrozani “Dostyk” ordeni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz portali.

“Uchrashuv davomida prezident Joze Barrozani xalqlar o‘rtasidagi tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun 1-darajali “Dostyk” ordeni bilan taqdirladi”, deb xabar bermoqda Oqo‘rda sayti.

Nazarboyev Barrozaga Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Sizning Yevropa Komissiyada raislik qilgan davringizda Qozog‘iston va YeI o‘rtasidagi mahsulotlar aylanmasi hajmi 10 marta oshdi. Sizning faol ko‘magingiz va do‘stona yordamingiz bilan biz Qozog‘iston va YeI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladik. Hozirda YeI bizning asosiy savdo hamkorimiz hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

O‘z navbatida, Barroza ham Nursulton Nazarboyevga faoliyatiga yuqori baho bergani uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Qozog‘iston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning yanada kengaytirilishi va chuqurlashtirilishiga umid bildirib qoldi.

Top