10:19 / 06.05.2015
2086

O‘zbekiston U-22 Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

5 may kuni Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qirg‘iziston olimpiyachilariga qarshi Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda O‘zbekiston olimpiyachilari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob ikkinchi bo‘limda ochildi. Timur Hakimov 57-daqiqada aniq zarbasi bilan O‘zbekistonni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, biroz o‘tib Nikita Pavlenko ham o‘z hisobiga gol yozib, jamoaga g‘alaba keltirdi.

6 may kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 jamoasi Qirg‘iziston olimpiyachilariga qarshi o‘ynaydi. O‘yin “Jar” stadionida, 17:00da boshlanadi.

Top