16:15 / 06.05.2015
2204

O‘zbekiston vakillari Buyuk Britaniya parlament saylovlarida kuzatuvchilik qiladi

O‘zbekiston vakillari Buyuk Britaniyadagi umumiy parlament saylovlarida kuzatuvchilik qilishadi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi Akmal Umrzoqov va Markaziy saylov komissiyasi a'zosi, O‘zMU prorektori Shuhrat Sirojiddinov 2-8 may kunlari davomida Buyuk Britaniyadagi parlament saylovining barcha jarayonlarini kuzatib boradi.

“O‘zbekiston parlamenti va Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Buyuk Britaniyada parlament saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini o‘rganish imkoniyatiga ega ekanligidan mamnunman. Umid qilamanki, safar samarali bo‘ladi”, - degan edi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Edgar o‘zbekistonlik kuzatuvchilarning safarga jo‘nab ketishi oldidan.

Top