08:47 / 06.05.2015
11645

O‘zbekistonda banklarning tushlik vaqti o‘zgartirildi

O‘zbekistondagi tijorat banklari va ularning filiallarida tushlik tanaffus vaqti o‘zgardi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida xabar qoldirilgan.

Xabarga O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari U. Mustafoyev tomonidan imzolangan qaror surati ilova qilingan. Unga ko‘ra, “banklar va ularning filiallarida tushlik tanaffus vaqtini soat 14:00dan 15:00gacha etib belgilash tavsiya etilgan”.

Qarorda qayd etilishicha, ushbu tavsiya “aholi, korxona va tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub'yektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida” berilgan.

Bungacha O‘zbekistondagi aksariyat banklar 13:00dan 14:00gacha tushlik tanaffusiga chiqardi.

Top