11:47 / 06.05.2015
1874

Qirg‘izistonning yangi hukumati parlament oldida qasamyod qabul qildi

Qirg‘izistonning bosh vazir Temir Sariyev boshchiligidagi yangi Vazirlar Mahkamasi respublika va xalqqa sadoqatli bo‘lishga qasamyod qildi.
O‘tgan hafta mamlakat parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan bosh vazir nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng bosh vazir taklifiga binoan yangi hukumat shakllantirildi.
Yangi Vazirlar Mahkamasi olti oy davomida faoliyat yuritadi. Oktyabr oyida respublikada yangi chaqiriq parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tadi, shu tufayli mahkama iste'foga chiqariladi.

Top