8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

09:45 / 06.05.2015 2577

Rossiya 390 tonna Polsha olmasini Qozog‘istonga o‘tkazmadi

Rossiya qishloq xo‘jaligini nazorat qilish xizmati (Rosselxoznadzor) Polshadan Qozog‘istonga olib ketilayotgan 390 tonna olmani chegaradan o‘tkazmadi. Tengrinews.kz resursining xabar berishicha, mahsulotni Rossiya orqali tranzit qoidalarini buzgan holda olib o‘tishga harakat qilishgan.
Rosselxoznadzorning Bryansk va Smolensk viloyat boshqarmalari tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, 1-5 may kunlari davomida "Krasnyy Kamen" va "Krasnaya Gorka" o‘tkazish punktlarida 196 tonna olma va 19 tonna Pekin karami ushlab qolingan. Tranizt qoidalarining buzilganligi sababidan mahsulot orqaga qaytarib yuborilgan.
Qozog‘istonga olib ketilayotgan yana 195 tonna olma Tver va Pskov viloyatlarida ushlab qolingan. Mevalar partiyasi Belarusga qaytarib yuborilgan.

Teglar

Top