14:39 / 06.05.2015
1895

Samarqanddagi poliklinika fuqarolarni SMS vositasida xabardor qilishni yo‘lga qo‘ydi

Samarqand shahridagi 8-oilaviy poliklinika axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Elektron xabarnoma tizimini joriy etdik. Endi hamshira aholini uyma-uy kirib tibbiy ko‘rik yoki turli yuqumli kasalliklarga qarshi emlash bo‘yicha xabardor qilmaydi”, - deydi muassasa poliklinika bosh shifokori Baxtiyor Meliyev.

“Hududdagi barcha xonadon sohiblarining uyali aloqa telefon raqamlari jamlanib, bir vaqtning o‘zida muassasamiz operatori tomonidan ularga elektron xabarnoma jo‘natiladi”, - deya qo‘shimcha qildi bosh shifokor.

Mavzu bo‘yicha: Samarqand shahridagi 8-oilaviy poliklinika yangi binoda ish boshladi

Top