08:50 / 06.05.2015
2270

Saudiya Arabistonida husiychilar hujumi natijasida 3 kishi qurbon bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Najran shahrida husiychilar uyushtirgan qurolli hujum natijasida 3 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy matbuotda ma'lum qilinishicha, Yaman chegarasiga yaqin hududda joylashgan shahar minomyotlardan o‘qqa tutilgan. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy kuchlari rasmiy vakili general Ahmad Asiriyning bayonotiga ko‘ra, bu hujum husiychilarning “Ansorulloh” harakati tomonidan amalga oshirilgan. Hujum natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, bir qancha uy va mashinalarga zarar yetkazilgan.
Ilgariroq husiychilar Saudiya Arabistoni shaharlariga raketalar bilan zarbalar berishini ma'lum qilgan edi. Najranga uyushtirilgan hujum hozircha yagona holat bo‘lib turibdi.

Top