16:52 / 06.05.2015
2910

Teves "Real" bilan o‘yin vaqtida o‘zini almashtirgani uchun murabbiyni qo‘rqoqlikda aybladi

"Yuventus" jamoasi hujumchisi Karlos Teves 5 may kuni "Real"ga qarshi o‘tkazilgan YeChL yarim finali doirasidagi o‘yinda o‘zining almashtirilishidan norozi bo‘ldi.

Ole nashrida yozilishicha, murabbiy Massimilliano Allegri uni o‘yinning 86-daqiqasida maydondan olib, o‘rniga Roberto Perreyrani tushirish orqali, argentinalik 31 yoshli hujumchi qattiq darg‘azab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, u zaxira o‘rindig‘iga yura turib, murabbiy haqida "yaramas qo‘rqoq" so‘zlarini aytgan.

Ma'lumot uchun, ushbu o‘yindagi g‘alaba to‘pi aynan Teves tomonidan o‘yinning 57 daqiqasida penalti zarbasidan kiritilgandi.

Top