04:51 / 06.05.2015
1287

Xitoy hukumati 1 iyundan dori-darmon narxlarini nazorat qilishni to‘xtatadi

1 iyundan Xitoy hukumati aksariyat dori vositalarga narxlarni belgilashdan to‘xtaydi, deb Xitoy rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

 Dori vositalariga narxlarni bozorning o‘zi belgilaydi. Biroq narkotik vositalar va ba'zi psixotrop dori-darmonlarga narxlarni davlatning o‘zi belgilashda davom etadi.

 Rejalashtirilgan narx islohoti bozorda raqobatbardoshlikni qo‘llab-quvvatlaydi va haqqoniy narxlar kelib chiqishi mexanizmining shakllanishiga ko‘mak beradi, deb hisoblamoqda Xitoy farmatsevtika universiteti qoshidagi Narxlar tadqiqoti instituti direktori.

Top