06:56 / 06.05.2015
3533

«Yuventus» YeChL yarimfinalida «Real»ni mag‘lubiyatga uchratdi

5 may kuni Chempionlar ligasi yarim finalida dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turinning "Yuventus" klubi o‘z maydonida "Real"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida ayni vaqtda "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan madridliklarning sobiq hujumchisi Alvaro Morata hisobni ochdi. Madridliklar tezda hisobni tenglashtirdi. Krishtianu Ronaldu 27-daqiqada gol kiritib, vaziyatni o‘ngladi.

Karlos Teves 57-daqiqada penaltidan urgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Shu tariqa "Yuventus" 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Yuventus – Real 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:1:0 – 8 Morata, 1:1 – 27 Ronaldu, 2:1 – 57, penalti Teves. 
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Kellini, Evra, Markizio, Pirlo, Sturaro (Bardzali, 64), Vidal, Teves (Pereyra, 86), Morata (Lorente, 78).
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Xames, Ramos, Kroos, Isko (Ernandes, 63), Beyl (Xese, 86), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (5), Teves (46), Vidal (56), Marselo (57), Karvaxal (75), Xames (85), Kellini (90).


Top