17:10 / 07.05.2015
6021

96 yoshli mehnat faxriysiga bayram munosabati bilan 10ta "Oltin kosa" sovg‘a qilindi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolik yig‘inlaridan biri tomonidan 9 may kuni munosabati bilan 96 yoshli mehnat faxriysi bo‘lgan kampirni tabriklash maqsadida unga 10ta tez tayyorlanadigan rollton sovg‘a yuborilgan. Bu voqea haqdagi ma'lumot feysbukdagi "Jamoatchilik nazorati" («Obshchestvennyy kontrol») guruhiga joylashtirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, kampirning nabirasi bunga izoh so‘rash maqsadida mahalla yig‘iniga murojaat qilganida, unga "bu hali hammasi emasligini" va navbatdagi sovg‘alar ham berilishini ma'lum qilishgan. Mahalla ma'muriyati vakili qo‘shimcha sifatida tarqatish uchun nima berilsa, o‘shani tarqatishlarini aytgan.

Top