21:41 / 07.05.2015
2582

Astraxan viloyati vakillari noqonuniy tarzda o‘zbekistonliklarni ushlab turishgan

Astraxan viloyatining Axtubinsk shahrida yashovchi ikki kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, ayblanuvchilar 2015 yilning aprelida mast holatda 44 yoshli erkakni urib, uni omborxonada ushlab turishgan va tashqariga chiqishini taqiqlab qo‘yishgan. Ayni paytda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. Gumon qilinayotganlarga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi masalasi hal qilinmoqda. Tergov ishlari davom etmoqda.   

Top