06:07 / 07.05.2015
1702

Chili prezidenti vazirlar mahkamasi iste'fosini talab qilmoqda

Chili prezidenti Mishel Bachelet vazirlar mahkamasidagi barcha vazirlarning iste'fosini talab qilmoqda. Bu haqda davlat rahbari chorshanba kuni mahalliy 13-kanalga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan qaysi vazirlar qolishi va qaysilari ketishini 72 soat ichida ko‘rib chiqib, ma'lum qilishini ta'kidlagan. Chili rahbari hukumat faoliyatiga yangi tarkib e'lon qilingandan so‘ng baho berishini aytib o‘tgan.

So‘nggi oyda hukumatning Bachelet boshchiligidagi “Yangi ko‘pchilik” koalitsiyasi moliyaviy mojarolardan so‘ng o‘zini oqlashga harakat qilmoqda. Mazkur mojaroga prezidentning o‘g‘li Sebastyan Davalos aralashib qolgan bo‘lib, u bankdan firmasi uchun 10 mln dollar miqdorida kredit olgani aytilmoqda. Natijada prezidentning o‘g‘li uzr so‘rab, hukumatdagi ijtimoiy madaniyat boshqarmasi direktori lavozimidan iste'fo bergan. 

Top