08:14 / 07.05.2015
3204

Gvardiola "Barselona" va "Bavariya" o‘yini natijasini Messi hal qilganini ta'kidladi

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

“Agar “Barselona”ga qarshi o‘yinlarda to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lmasangiz, sizga juda qiyin bo‘lishi turgan gap. Shu sababli bizning rejamiz to‘pni olib qo‘yib, raqibni ortimizdan yugurishga majbur qilish edi. Ammo buni uddalay olmadik. Mag‘lubiyatda bor aybni o‘z bo‘ynimga olaman.

Avvaliga hammasi yaxshi ketayotgan edi. Ammo Messi barcha rejalarnii buzib tashladi. O‘yinni aynan u hal qildi. Ayniqsa, uchinchi gol ortiqchalik qildi. Kataloniyaliklar yaxshi jamoaga ega”, - deydi Gvardiola.

Top