08:33 / 07.05.2015
8788

Haier Nebula konditsionerlari: 2015 yil yangiligi

Go‘zallik, kuch-qudrat va tejamkorlik – bularning bari Haier konditsionerlarida mujassam

2015 yilning yozi qanday bo‘ladi jaziramami yoki sovuq, quruqmi yoki seryomg‘ir? Iste'molchida tabiatning injiqliklaridan qat'iy nazar, o‘z uyida qulay muhitni ta'minlash uchun imkoniyat mavjud. Haier iqlim tizimlarining yangi modellarini taklif etishga shay. Gap Haierning 2015 yilda barcha an'anaviy qator 9000, 12 000, 18 000 va 24 000 BTe ni egallab oladigan NEBULA seriyasidagi konditsionerlari haqida ketmoqda.

Maksimal darajadagi qulaylik
Haier ning NEBULA seriyasida amalga oshirilgan texnik taraqqiyot shovqin darajasini yanada pasaytirish imkonini berdi. 9000 BTe quvvatiga ega split-tizimdagi QUIET maxsus ovozsiz tizim faoliyatida u atigi 20 dB(A)ni tashkil etadi.

Sog‘lig‘ingiz himoyasida
Yangi modellarda xonada maksimal darajadagi sog‘lom muhitni yaratishga qaratilgan keng doiradigi chora-tadbirlar amalga oshirilgan. NEBULA seriyasidagi yangi konditsionerlarning samarali filtrini olaylik, u honaga mayda chang va hashoratlarning kirishiga to‘sqinlik qiladi, buning uchun uning hujayrasi hajmi shu qadar kichraytirildiki, natijada filtr samaradorligi 40 foizga ortdi. Bundan tashqari, u qo‘p qatlamga ega bo‘ldi: unda endilikda bakteriyalarni o‘ldiradigan, fotokatalitik va faol ko‘mirga ega qavatlar bor.
Konditsionerlarda o‘rnatilgan Nano-Aqua generatorlari suv molekulalarini quvvat olgan ionlar H+ va O2– ga aylantiradi. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiya natijasida OH yoki H2O2 birikmalari vujudga keladi, u bakteriyalarning molekulyar tuzilishini o‘zgartirib, o‘ldiradi.
Haierning maxsus ishlanmasi: O2 Fresh tizimi xonani tashqi musaffo havo bilan ta'minlaydi. Tashqi havo O2 Fresh qurilmasiga so‘riladi, so‘ngra hajmi 30 kub.m/soat bo‘lgan maxsus havoo‘tkazgich orqali xonaga kelib tushadi.

NEBULA seriyasidagi konditsionerlarning yana bir original elementi – ichki blokda o‘rnatilgan, katta quvvatga ega bo‘lgan ultrabinafsha lampasidir. U uzunligi 254 nm bo‘lgan nurlarni yaratadi. Mikroorganizmlar hujayralariga osonlik bilan joylashib olib, ularning to‘qimalari bilan fotokimyoviy reaksiyaga kirishadi, bu esa natijada bakteriyalarni o‘ldiradi yoki ularni ko‘payish qobiliyatidan mahrum etadi.

Tashqaridagi ob-havoga qaramay
NEBULA seriyasidagi yangi konditsionerlar konstruksiyasi tashqi havoning eng past harorati (– 15 °S gacha)da ham sovutish yoki isitish rejimida ishlash imkoniyatini beradi.
Doimiy tok agregatlaridan foydalanilishi va xladagent sirkulyatsiya konturining optimallashtirilishi energiya samaradorligining A+++ darajasiga erishish imkonini berdi. Shuning uchun yangi Haier modellari oddiy inventor konditsionerlarga qaraganda ancha kam elektr quvvatini sarflaydi.

Ishonchlilik, tejamkorlik , qulaylik
Haier ikkitali rotor kompressorlarida maxsus magnitlardan foydalanilgan bo‘lib, u an'anaviy agregatlarga qaraganda 10 marta kuchliroq. Komressor samaradorligini oshirish evaziga quvvat manbaidan keluvchi elektr quvvatini sarflashni pasaytirish va foydali quvvatni oshirishga erishilgan. Aynan shu tufayli konditsioner kuchlanishning 150V dan 254Vgacha bo‘lgan keng diapazonda ishlashi mumkin!
Haierning yangi konditsionerlari bug‘latgichida zanglashga qarshi yuqori gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan va zanglashga chidamli bo‘lgan Blue Fin yangi avlod qoplamalaridan foydalanilgan. Bu esa quvvatni tejab, konditsioner xizmat ko‘rsatish davrini uzaytiradi.
Tejamkor, samarali, engoldi texnologiyalardan foydalanilgan NEBULA seriyasidagi yangi Haier konditsionerlari 2015 yilda bizni tabiatning qanday injiqliklari kutayotganidan qat'iy nazar uyimizda qulay sharoitni yaratadi.

Haierdan kutilmagan sovg‘a!
Haier kompaniyasi o‘z mijozlarini lol qoldirishga shay: 2015 yilning 1 mayidan 31 iyuligacha bo‘lgan davrda Haier konditsioneri sotib olinsa, u BePUL o‘rnatib beriladi.

Haier kompaniyasi Xotira va qadrlash kuni arafasida barcha o‘zbekistonliklarga, xususan, vatan ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida matonat bilan kurashgan urush va mehnat faxriylariga o‘z hurmatini izhor etadi. Ushbu kun jasorat ko‘rsatib, jang maydonlarida jonini fido qilgan, qiyinchiliklarni sabot bilan yengib o‘tgan bobolarga hurmat va e'tibor ko‘rsatish har bir insonning burchidir. Ayniqsa, O‘zbekistonda 2015 yilning “Keksalarni e'zozlash yili” deb e'lon qilinishi qariyalarga, faxriylarga e'tibor ko‘rsatish, ularni rag‘batlantirish borasidagi ishlarning jadallashuviga turtki bo‘lmoqda.
Haier kompaniyasi ushbu qutlug‘ kunda barchaga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, fayzu baraka tilaydi. Faxriylarimiz hamisha elning ardog‘ida bo‘lib, tinch va osuda osmon ostida hayot kechirishlarini istab qolamiz.


Top