10:13 / 07.05.2015
1664

Hindistonda pirotexnika zavodidagi portlash natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Yangi Bangoliya shtatining G‘arbiy Midnapur okrugida joylashgan pirotexnika zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IANS axborot agentligi xabar bermoqda.
“Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, qurbonlar soni yanada oshishi mumkin”, - ma'lum qilgan mahalliy politsiya boshlig‘i Bxarati Gosh.
Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan. Korxona egasi Rajan Mayti yashiringan. Ayni paytda uni politsiya qidirmoqda.

Top