08:54 / 07.05.2015
1919

"Krasnodar" murabbiyi Odil Ahmedovni Igor Denisovdan kuchliroq deb biladi

Kubanning "Krasnodar" jamoasi murabbiyi Andrey Tixonov jamoaga Rossiya termasi a'zolari hisoblanadigan Igor Denisovning olib kelinishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berib o‘tdi.

"Men Denisovni Odil Ahmedovdan yaxshiroq o‘ynaydi deb hisoblamayman. Qolaversa, tarkibimizda Gazinskiy ham bor. Bu ikki futbolchi ayni vaqtda Denisovdan ustunroq, ayniqsa, Ahmedov Yevropa futboli darajasidagi o‘yinchi. Albatta, qanday yo‘l tutishni rahbariyat hal qiladi. Lekin, yana yana bir bor ta'kidlayman, Denisov bizga kerak emas. Ahmedov va Gazinskiy Denisovga tarkibda joy bermaydi", deydi murabbiy.

U shuningdek, Alenichev "Spartak"ka qaytishi va ijara asosida "Spartak"ka berilgan Shirokov "Krasnodar"ga kelishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Top