05:28 / 07.05.2015
3408

Obama Suriyaga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya bilan munosabatlarga qo‘yilgan taqiq muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, prezident Vakillar palatasi spikeri Jon Baynerga shu haqdagi maktubini jo‘natgan.

"Suriyada saqlanib qolayotgan adolatsiz rejim tufayli bu davlatga nisbatan sanksiyalar ham saqlanib qoladi", deydi Obama.

U bu davlatda hukumat tomonidan aholiga zug‘um o‘tkazilayotgani va inson huquqlari buzilayotganini keskin tanqid qilgan.

Top