14:57 / 07.05.2015
1885

O‘zbekistonda 2015 yilda 630 mingga yaqin bola 1-sinfga chiqadi

O‘zbekistonda 2015 yilda 630 mingga yaqin bola 1-sinfga qadam qo‘yadi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 9698ta umumta'lim maktablarining 9566tasida boshlang‘ich ta'lim olib boriladi.

Bugungi kunda boshlang‘ich ta'lim mavjud bo‘lgan maktablarda jami 1-4-sinflar soni 83181tani, jami boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soni esa 2,2 million nafarni tashkil etmoqda.

Ularda qariyb 112 ming nafari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta'lim-tarbiya bermoqda.

Top