12:54 / 07.05.2015
2471

Pakyaoning yelkasi muvaffaqiyatli tarzda operatsiya qilindi

7 may filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi.

Bu amaliyotni o‘z vaqtida xuddi shunday operatsiyani Kobi Brayant, Tom Breydi, Vitaliy Klichko va Andre Bertoda ham o‘tkazgan mashhur jarroh Nil Elatrashe olib bordi.

Jarrohlik amaliyoti AQShning Kaliforniya shtati, Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tdi.

Elatrashening ma'lum qilishicha, Pakyaoning jarohati butunlay tuzalishi uchun 4 oydan 6 oygacha vaqt talab qilinadi. Avvalroq ushbu muddat 9-12 oygacha cho‘zilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Menni Pakyao 2 may kuni Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazilgan jangga tayyorlanish vaqtida jarohat olgan, lekin buni boshqalardan sir tutgan holda jangga tushib, mag‘lub bo‘lgandi.

Top