09:33 / 07.05.2015
1605

Pokistonda portlovchi moslamalarni zararsizlantirishni o‘rgatuvchi maktab ochildi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida politsiyachilarga portlovchi uskunalar, bombalarni zararsizlantirishni o‘rgatuvchi maktab ochildi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

Politsiyachilarga bu yerda turli portlovchi qurilmalar va ularning mexanikasi haqida ma'lumotlar beriladi, detonatorlar, qo‘lbola portlovchi moslamalar va zaryadlovchi qurilmalarni o‘rganishadi.

Shuningdek, tinglovchilarga portlovchi qurilmalarni zararsizlantirishda yordam beruvchi robotlar bilan ishlash bo‘yicha ham saboq beriladi.

Hozirgacha maktab qisqa muddatli kurslar davomida 70dan ortiq mutaxassislarni tayyorlab ulgurdi.

Top