15:37 / 07.05.2015
3637

Qirg‘iz xonandalari Ulug‘bek Rahmatullayevning klipidan g‘oya o‘g‘irlashdi

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev “Sog‘inib” qo‘shig‘ini kuylaganidan so‘ng, qo‘shiqning rus, ozarbayjon, tojik, qozoq tillarida kuylangan nusxalari tinglovchilarga ma'lum bo‘la boshladi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.

“Endi esa xonanda ma'murining shaxsan ma'lum qilishicha, mazkur qo‘shiq klipini qirg‘iz xonandalari xuddi Ulug‘bek Rahmatullayevning qo‘shig‘i klipiga o‘xshatib suratga olib, g‘oyasigacha ko‘chirgan emish”, - deb yozadi “Darakchi” gazetasi.

Aynan qaysi qirg‘iz xonandasi, qaysi qo‘shiq klipi uchun Ulug‘bek Rahmatullayevning klipidan g‘oya o‘g‘irlaganiga xabarda aniqlik kiritilmagan.

“Qiziq, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev chet el qo‘shiqlarini ko‘chirib kuylaganida ham shunchalik shov-shuv bo‘lmagandi-ya!”, - deya qo‘shimcha qilinadi gazeta xabarida.

Top