09:45 / 07.05.2015
1588

Rimning bosh aeroportida yong‘in chiqdi

Rimning Fyumichino aeroporti yukxonasida yong‘in chiqqanligi bois aeroport vaqtinchalik yopib qo‘yildi.
Reuters agentligining ma'lumot berishicha, yong‘in tunda kelib chiqqan. Uning sabablari hozircha o‘rganilmagan. Aeroport mahalliy vaqt bo‘yicha 14:00gacha yopiq bo‘ladi.
Voqea joyida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar bergan ma'lumotga qaraganda, tutundan uch kishi aziyat chekkan.
Yong‘in nazorat ostiga olingani ma'lum qilinmoqda.

Top