15:49 / 07.05.2015
2338

Si Tszinpin Qozog‘istonga keldi

Xitoy rahbari Si Tszinpin Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif buyurdi. Tengrinews.kz resursining ma'lum qilishicha, yaqindagina Oq O‘rdada XXR rahbarini tantanali kutib olish marosimi yakunlangan. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev uni qarorgoh eshiklari oldida kutib oldi. Ular bir-biri muzokara olib boruvchi delegatsiyalarni tanishtirgach, o‘zaro suhbat uchun belgilangan xonaga yo‘l olishdi.
Qayd qilinishicha, Si Tszinpin prezidentlik lavozimiga qayta saylangan Nazarboyevni siyosiy qo‘llab-quvvatlashini namoyish etish uchun Qozog‘istonga tashrif buyurgan. U navbatdan tashqari prezidentlik saylovlaridan so‘ng mamlakatga tashrif buyurgan dastlabki chet davlat rahbari bo‘ldi.
Tashrif doirasida tomonlar Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini yaratish masalalarini muhokama qilishi aytilmoqda.

Top