11:39 / 07.05.2015
2856

Surxondaryoda bank kartalaridagi pulni “naqdlashtirib berish” bahonasi bilan o‘margan erkak qamaldi

Termiz shahrida qalloblik bilan shug‘ullangan Salim Tojiyev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) hibsga olindi. Bu haqda Termiz shahar prokurori Sirojiddin Nomozov “Huquq” gazetasida e'lon qilingan maqolasida ma'lumot berdi.
Yozilishicha Salim Tojiyev do‘konlar atrofida kezib yurib, sodda odamlarga bank plastik kartalaridagi mablag‘ni foizsiz naqdlashtirib berish bahonasida ulardan to‘lov kartalarini bir olgan, undagi pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Jumladan, aka-singillar B. Po‘latov, L. Po‘latova, ularning hamkasbi Sh. Ermatovning kartalari shu yo‘l bilan egalaridan olingan.
Tojiyevga mablag‘larini bergan odamlar u o‘z va'dasini bajarashini ancha muddat kutishgan, lekin, natija bo‘lmagach, aldanganlarini tushunib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganlar. Natijada qallob qo‘lga olingan.
Termiz shahar sudining hukmiga ko‘ra unga 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Top