20:23 / 07.05.2015
4007

Telegraph: Rossiya armiyasi Putinning prezidentligi davrida kuchliroq bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Armiyasi Vladimir Putinning hukumat tepasida turganining 15 yillik davri ichida sovuq urush davrlaridan beri eng yaxshi ta'minotga ega bo‘ldi, deb xabar berdi Telegraph gazetasi.     

Putin prezidentlik lavozimini 2000 yilda, Boris Yeltsin iste'foga ketgan paytda   “vaqtinchalik bajaruvchi” sifatida egallagan edi. O‘sha yilning martida Putin davlat rahbari lavozimiga saylangan, 4 yil o‘tib esa ushbu lavozimga qayta saylangan. 2008-2012 yillarda u bosh vazir bo‘lib ishlagan. 2012 yilning martida navbatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, 7 mayda o‘z vazifasini bajarishga kirishgan. 

“766 ming oldi harbiylarni chaqirish imkoniga ega bo‘lib, dunyoning istalgan boshqa davlatidan ko‘ra ko‘proq sondagi tanklarga ega bo‘lgan va harbiy-havo qo‘shinlarining soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab, Rossiya Sobiq ittifoqqa xarakterli kuchni saqlab qolishga urinmoqda”, deb ta'kidlanmoqda Telegraph'da.

Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya 766 ming harbiy xizmatchi va 2,5 mln zaxiradagi xizmatchiga ega. Rossiya bu borada Xitoy, Hindiston va AQShdan o‘zib ketdi. Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniyaning harbiy kuchlarini solishtirib, Rossiya armiyasi AQSh va Buyuk Britaniya armiyasini tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimining soni bo‘yicha ortda qoldirmoqda..

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya 15398 ta tankka ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh  dan ikki barobarga, Buyuk Britaniyadan 37 martaga ko‘proq tankka ega.  

Gazeta “Rossiya AQShdan xorijning umumiy harbiy kuchidan, boshqa xorijiy davlatlardan ancha ortda qolayotganiga qaramasddan, 2008 yildan keyin boshlangan mudofaa majmualarini modernizatsiyalashga borgan sari katta pul sarflamoqda. 2009 yilda Rossiya hukumati harbiy xarajatlarini qariyb 3 barobarga oshirdi va bu ko‘rsatkich jahon moliyaviy inqiroziga qaramasdan o‘sishda davom etaverdi.  

Stokgolm instituti statistik ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2014 yilda mudofaa ehtiyojlariga 3 trln dan ko‘proq rubl sarflagan, bu ko‘rsatkich YaIMning 4,5 foiziga to‘g‘ri keladi. Putin prezidentligining birinchi davri – 2000 yilda bu xarajatlar YaIMning 3,6 foizini tashkil qilgan edi.       

Top