10:44 / 07.05.2015
2606

Toshkentda Google Nexus 9 plansheti sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Google korporatsiyasi Tayvanning HTC kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan Nexus 9 plansheti savdolari boshlandi. Mobinfo.uz’ning xabar berishicha, qurilmaning xalqaro taqdimoti 2014 yil oktabrida bo‘lib o‘tgandi.

Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi ostida ishlaydigan planshet Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) texnobozorida 2,6 million so‘mdan sotuvga chiqqan.

Ma'lumot uchun, texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, Nexus 9 bozordagi eng kuchli planshetlardan biridir. U 8,9 dyuymli displey, 4 yadroli Nvidia Tegra K1 chipi, Kepler DX1 grafikasi, 8 megapikselli asosiy va 1,6 megapikselli old kamera, quvvati 6700 mAs ga teng akkumlyator bilan ta'minlangan.

Top