09:19 / 07.05.2015
1740

Tojikistonlik ekspert: terrorchi guruhlarning yollovchilariga qarshi kurashni kuchaytirish kerak

Tojikiston prezidenti qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Xudoyberdi Holiqnazarning ta'kidlashicha, Iroq va Suriyada Tojikiston fuqarolarini ekstremistik guruhlar saflariga jalb qilayotgan yollovchilarga qarshi kurashni kuchaytirish kerak. Bu haqda u 5 may kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan radikalizm va ekstremizmning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada so‘zlagan ma'ruzada bayonot berdi.
Shuningdek, u ko‘pgina tojikistonliklar aldanganini tushunib, Iroq va Suriyadan ketishni xohlayotganini, ammo bu xavfli bo‘lgani uchun aksariyat jangari guruhlar tarkibida qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top