10:25 / 08.05.2015
2736

“O‘zbegim dalasi”ning egasi Farg‘onaning eng yaxshi fermeri deb topildi

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Tashabbus –2015”respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 55 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tanlov import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar, o‘zi yetishtirgan mahsulotni qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan, chorvachilik va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar safi kengayib borayotganini ko‘rsatdi.

“Yilning eng yaxshi tadbirkori” yo‘nalishida Qo‘shtepa tumanidagi “Chimkent sultonlari gilami” xususiy korxonasi rahbari Abdubannop Sultonov, “Yilning eng yaxshi fermeri” yo‘nalishida Toshloq tumanidagi “O‘zbegim dalasi” fermer xo‘jaligi rahbari Ravshan Sherayev, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishida rishtonlik usta kulol Said Ahmedov birinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Top