17:14 / 08.05.2015
2348

2015 yil oxirigacha Rossiya Xitoy bilan og‘ir vertolyotlar bo‘yicha shartnoma imzolaydi

Rossiya joriy yil so‘ngiga qadar Xitoy bilan og‘ir fuqarolik vertolyotlari bo‘yicha shartnoma imzolashdan umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Ilgariroq «Vertolety Rossii» va Xitoyning AVIC kompaniyalari og‘ir vertolyotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum bo‘lgan edi. Endi bu loyiha oliy darajaga ko‘tarilib, to‘laqonli shartnoma imzolanishi aytilmoqda.
Bundan tashqari, Putin shartnoma doirasida uzoq magistralli keng fyuzelyajli samolyot ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilinishini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin xitoylik hamkasbi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida bir qator muhim siyosiy va iqtisodiy masalalar borasida muzokaralar olib borildi.

Top