17:04 / 08.05.2015
2765

Afg‘oniston o‘z hududidagi neft konlarining faqat 4 foizini ishlatishi aytildi

Qobulda bo‘lib o‘tgan energetika bo‘yicha vazirliklararo komissiya chog‘ida mamlakatdagi neft konlarining faqat 4 foizidan foydalanilayotgani rasmiy ravishda e'lon qilindi.
Tog‘ sanoati vaziri Jovid Sadatning bayonotiga ko‘ra, faqatgina 10 ming kv. km hududdagi manbalar bo‘yicha shartnomalar imzolangan, qolgan qismi esa 270 kv. km ni tashkil qiladi.
Tadbir Afg‘oniston milliy televideniyesi orqali yoritildi. Unda yirik xususiy kompaniyalar vakillari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, sohaga investorlarni jalb qilish borasida ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Top