07:12 / 08.05.2015
3129

BAA AQShdan xavfsizlik kafolatlarini talab qildi

BAA Kemp-Devidda o‘tadigan sammitda AQSh unga xavfsizlik kafolatlarini berishiga umid qilmoqda. Bu haqda BAAning Vashingtondagi elchisi Yusuf al-Utayba Reuters agentligiga bayonot berdi.
“Ilgari biz AQSh bilan xavfsizlik borasida jyentlmenlarcha kelishuv bilan kifoyalangan edik. Ammo bu safar bizga yozma kafolatlar kerak”, - dedi elchi Vashingtondagi ma'ruzasida. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kafolatlarga “Eronning mintaqadagi fe'l-atvori” bilan bog‘liq ravishda ehtiyoj tug‘ilgan.
Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari hamkorligi Kengashiga a'zo davlatlar (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Ummon) vakillari ishtirokidagi Kemp-Devid sammiti 13-14 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top