15:58 / 08.05.2015
2194

Beeline To‘rtko‘lda yangi ofis ochdi

2015 yil 8 may, Nukus. Aloqa operatori Beeline Qoraqalpog‘iston respublikasining To‘rtko‘l shahrida yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish salonlari ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
“Beeline shaxsiy ofislarining ochilishi abonentlarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatishni ta'minlaydi, - deydi Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Mijozlarga qulay sharoitlarni yaratgan holda, ularni innovatsion texnologiyalar va ishonchli aloqa bilan ta'minlagan holda – biz Beeline‘ning asosiy omillarini bajarmoqdamiz”.
Ofis ochilishi doirasida an'anaviy ofis ochilishi marosimi va mukofotli sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Top