05:18 / 08.05.2015
2137

BMT Bosh kotibi Poroshenko va Polsha prezidenti bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Ukraina va Polsha prezidentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda BMT saytida ma'lum qilinmoqda.

Bosh kotib uchrashuv chog‘ida Bronislav Komorovskiy va Pyotr Poroshenko bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.

“Uch yetakchi Ukrainada davom etayotgan mojaro bo‘yicha fikrlar almashishdi. Uchrashuv davomida BMT bosh kotibi barcha tomonlarni zudlik bilan va to‘liq hajmda Minsk kelishuvlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar paketini amalga oshirishga chaqirdi”, deyilmoqda xabarda.

Top