16:37 / 08.05.2015
1785

Devid Bekxem Instagramda qisqa vaqt ichida ko‘p follover yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxem o‘zining 40 yoshini nishonlagan kunida Instagram tarmog‘ida akkaunt ochdi va birinchi kundanoq uning akkauntiga katta tezlik bilan folloverlar yopirildi.

Uning akkaunti birinchi kuni 1 mlndan ortiqroq follover yig‘gan. Bungacha eng qisqa vaqt ichida ko‘p follover yig‘ish bo‘yicha o‘rnatilgan rekord aktrisa Emma Uotsonga tegishli edi (2 kunda 2 mln).

Bekxem esa 3 kunda 5 mln folloverga ega bo‘ldi. Ayni vaqtda esa uning folloverlari soni 5,5 milliondan ortib ketgan.

Qayd etish joizki, olti kun ichida Bekxem o‘z akkauntiga 15ta surat joylashtirgan. Bu suratlarda asosan, uning tug‘ilgan kuni marosimidagi holatlar aks etgan.

Top