16:18 / 08.05.2015
3092

Kapello RFI prezidenti unga 9 may haqida ma'ruza o‘qishi shart emasligini bildirdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Nikolay Tolstixning unga to‘lanadigan maoshi masalasini 9 may bayramidan keyin ko‘rib chiqishi haqidagi gaplariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«RFI prezidentining menga nisbatan ishlatgan gaplari jhlimni chiqardi. Men shartnomamda ko‘rsatilganidan boshqa pulga da'vo qilayotganim yo‘q. Navbatdagi marta maoshimni kechiktirishayotganini butun dunyoda, jumladan Italiyada va shaxsan meni oilamda ham o‘zgacha e'tibor bilan nishonlanadigan bayramni bahona qilish shart emas».

«Urush davrida otam bir yildan ortiq vaqt mobaynida konslagerda yotgan va 48 kg vazn bilan ortga qaytgan. Shunday ekan RFIning hurmatli prezidenti 9 may bayramining ahamiyati haqida menga va'z o‘qishi shart emas. Odam o‘zini hurmat qilishi kerak va agar aqli joyida bo‘lsa, bu tarzdagi haqoratomuz gaplarni gapirishdan tiyilishi kerak», deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS axborot agentligi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tolstix Kapelloning maoshi bayram o‘tgach, to‘lab berilishi, shunday bayram paytida Kapelloning bu bayramni his qilmasdan qo‘yayotgan talablari noto‘g‘ri ekanini ta'kidlab o‘tgandi.

Top