Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Anchelotti boshchiligida jamoa, aprel oyidagi 6 ta o‘yinni g‘alaba bilan tugatdi. O‘tgan oyda uning shogirdlari 24ta gol urib, 4ta gol o‘tkazib yuborishgan.
Aprelda «Real» «Granada»ni 9:1, «Rayo Valekano»ni 2:0, «Eybar»ni 3:0, «Malaga»ni 3:1, «Selta»ni 4:2, «Almeriya»ni esa 3:0 hisoblarida mag‘lub etgan.