18:05 / 08.05.2015
15672

Margaret Tetcher: go‘zal xonimning o‘tkir so‘zlari

Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetchirning vafot etganiga yaqinda ikki yil to‘ladi. Garchi u bu yorug‘ olamni tark etgan bo‘lsada, uning amalga oshirgan ishlari va fikr-mulohazalari tarix zarvaraqalaridan joy olib ulgurdi. Uning tajribasidan foydalanish hamon davom etmoqda.

Márgaret Xílda Tétcher, baronessa Tetcher – Buyuk Britaniya tarixidagi eng birinchi ayol bosh vazir bo‘lgan. Bundan tashqari u bu lavozimda Britaniya bosh vazirlari ichida eng ko‘p faoliyat yuritgani ham hisoblanadi — 11 yil. Bu kuchli xonim ushbu lavozimga uch marta saylangan va so‘nggi muddatida o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqqan.

Uning o‘tkir tili tufayli Margaretga jurnalistlar ajoyib taxallus qo‘yishgan. U barcha narsani mukammal, o‘z o‘rniga qo‘yib bajarardi. U haqiqatda “temir” edi, ammo o‘zining aytishicha, u avvalo, ayol ana undan so‘ng esa siyosatchi.

E'tiboringizga “temir xonim” tomonidan aytilgan eng sara fikrlarni havola etamiz.

- Qachonki ayolning xarakteri yuzaga chiqsa u haqida “yengiltak” degan xulosaga kelishadi. Aga shu holat erkakda sodir bo‘lsa, unda unga “yaxshi bola” deb baho berishadi.

- Agar yakka o‘zim qirq sakkiz nafar kishiga qarshi chiqishimga to‘g‘ri kelsa, o‘sha qirq sakkiz nafarga achingan bo‘lardim.

- Bugun o‘zlarini ko‘rsatish uchun ayollarga juda keng imkoniyatlar yaratilgan: hatto ularning ayrimlari mamlakat boshqarishayapti. Ammo yurakdan bir narsani aytishim mumkinki, bizga xanjardan ko‘ra, ayollarning sumkasi ko‘proq yarashadi.

-  Meni mutassil tanqid qilayotganlar Temza to‘lqinlari uzra qadam tashlab ketayotganimni ko‘rishsa, suzishni bilmagani uchun shunday qilayapti, degan bo‘lur edilar.

-  Qoidaga ko‘ra, har qanday erkak haqida tasavvur hosil qilishim uchun menga o‘n soniya yetarli. Ana undan so‘ng, tasavvurim kamdan-kam hollardagina o‘zgaradi.

-  Mamlakatni uning tabiiy resurslarisiz ham obod qilsa bo‘ladi. Eng muhimi resurslarni insonlar tashkil etsin. Davlat iste'dod sohiblariga o‘z eshigini ochsa kifoya.

Bu ayolning kuchi, o‘ziga ishonishi, mamlakatiga bo‘lgan muhabbati, ayollik tarovati kishini hayratga soladi. U tomonidan aytilgan gaplarni yodda saqlash, ulardan kuch olib yashashda davom etmak lozim.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Top