13:18 / 08.05.2015
4141

Messining o‘yinidan hayratlangan "Real" muxlislari Ronalduni "izza qilishdi"

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining “Bavariya”ga qarshi kechgan Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi uchrashuvdagi o‘yini hech bir futbol muxlisini bee'tibor qoldirmadi.

Madridning “Real” jamoasi muxlislari navbatdagi mashg‘ulotlardan qaytayotgan Krishtianu Ronalduni ko‘rganda Messining ismini aytib olqishlashdi.

“Barselona” o‘z uyida “Bavariya”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va bu uchrashuvda Lionel Messi 2ta gol hamda 1ta gollik uzatmaga mualliflik qildi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 12 may kuni, Alyans-Arenada bo‘lib o‘tadi. 

Top