8312.64 USD -2.21

9456.46 EUR +48.21

125.22 RUB +1.37

10578.7 GBP -23.60

09:40 / 08.05.2015 2205

Nazarboyev Xitoyda G‘alabaning 70 yilligini nishonlash tadbirida ishtirok etadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoyga tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlash tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqda Tengrinews.kz portali xabar bermoqda.

“Qozog‘iston prezidenti Xitoy raisining Xitoyga 2-3 sentabr kunlari tashrif buyurishi hamda Pekinda G‘alabaning 70 yilligini nishonlashda ishtirok etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi”, deb xabar tarqatdi Oq o‘rda matbuot xizmati.

Nursulton Nazarboyev Si Tszinpinni qarshilar ekan, Xitoy rahbari Qozog‘iston prezidenti inauguratsiyasidan keyin Qozog‘istonga tashrif buyurgan ilk xorijiy davlat rahbari bo‘lganiga e'tiborni qaratdi.

O‘z navbatida, Si Tszinpin Nursulton Nazarboyev uning katta do‘sti ekanligini va uni ko‘rishdan xursand ekanligini aytib o‘tdi. Si Tszinpin Qozog‘iston va Xitoy mintaqadagi rivojlanishdagi barqarorlikni ta'minlash uchun muhim konstruktiv kuchlarga aylanganini ta'kidlab o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev 9 may kunida Moskvaga jo‘nab ketadi. Nazarboyev u yerda muzokaralar o‘tkazadi va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Qizil maydonda Harbiy paradda ishtirok etadi.

Teglar

Top