06:44 / 08.05.2015
2370

Neymar o‘ziga penaltini tepish imkonini bergani uchun Messidan cheksiz minnatdor bo‘ldi

"Barselona" jamoasining braziliyalik yosh hujumchisi Neymar "Kordoba"ga qarshi (8:0) o‘yindagi vaziyat haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu vaziyatda, o‘yinning oxirgi qismida ishlangan penalti zarbasini ijro etish imkoniyati Messi tomonidan Neymarga topshirilgandi.

"Men buni hech qachon unutmayman. Bu boradagi taassurotimni ifodalashga so‘z topa olmayman. Dunyoning eng zo‘r futbolchisi xet-trik qilish va to‘purarlar poygasidagi holatini yaxshilashi mumkin bo‘lgan vaqtda to‘pni menga berdi. Bu unutilmas voqea", deydi Neymar.

Top