07:06 / 08.05.2015
4146

OAV: Rossiya va Xitoy amalda harbiy alyans shakllantirmoqda

XXR raisi Si Tszinpinning Moskvaga tashrifi chog‘ida ikki davlat harbiy sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlab, harbiy alyans shakllantirish uchun strategik hamkorlikni kengaytiradi.

South China Morning Post gazetasida yozilishicha, ushbu alyans AQSh va Yaponiya ittifoqining mustahkamlanishi bilan bog‘liq ravishda shakllanib bormoqda.
Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar chog‘ida Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish, “Yagona kamar, yagona yo‘l” tashabbusini amalga oshirish singari masalalarda muzokaralar olib boriladi. Shuningdek, XXR rahbari g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etadi.
O‘tgan hafta Xitoy Mudofaa vazirligi ikki davlatning qurolli kuchlari O‘rta Yer dengizida harbiy dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishini ma'lum qildi. Mutaxassislarning fikricha, bu Xitoy va Rossiya o‘rtasida harbiy alyans shakllanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Top