08:40 / 08.05.2015
2501

«Paxtakor»ning sobiq bosh murabbiyi Livan terma jamoasini boshqaradi

Toshkentning «Paxtakor» klubida avval ishlagan mutaxassis Miodrag Radulovich Livan terma jamoasini boshqaradigan bo‘ldi. U italiyalik Juzeppe Jannini o‘rnini egallaydi. Bu haqda OFKning rasmiy tvitteri ma'lum qildi.

Shu  tariqa 47 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Livan termasi bilan JCh-2018 va Osiyo kubogi-2019 uchun saralash bosqichida ishlaydi.

Livanliklar "G" guruhida Janubiy Koreya, Myanma, Laos va Kuvaytga qarshi bahs olib borishadi. Radulovich ilk o‘yinini Kuvaytga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Miodrag Radulovich 2011 yilda "Paxtakor" bilan OChLning nimchorak finaliga chiqqan. Shundan so‘ng, u Kuvaytning "Kazma" (2012) va "Jahra" (2014) klublarida faoliyatini davom ettirgandi.

Top