14:52 / 08.05.2015
1598

Petrobras gaz-quvur industriyasining 49 foizini sotib yuborishi mumkin

Braziliyaning Petrobras davlat gaz va neft kompaniyasi o‘z gaz-quvur industriyasi aksiyalari paketining 49 foizini sotib yuborishi mumkin. Aktsiyalarning bu ulushini Yaponiyaning Mitsui kompaniyasi sotib olishi mumkin.
Bloomberg axborot agentligining ma'lum qilishicha, ayni paytda ikki kompaniya gaz transportirovkasi sohasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Aktsiyalar bo‘yicha muzokaralar hali boshlangani yo‘q.
Bugungi kunda Petrobras kompaniyasi 9 ming km gaz quvurlariga ega. 2016 yil so‘ngiga qadar kompaniya 14 mlrd dollarlik aksiyalar paketini sotmoqchi. Aktsiyalardan kelgan daromad kompaniyaning investitsion dasturi ijrosiga sarflanadi.

Top