"Yuventus" jamoasining fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba hech qanday cheklovlarsiz mashg‘ulotlar o‘tkazishga kirishdi.
22 yoshli futbolchi boshqa jamoadoshlari bilan teng hajmda mashq qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, u 9 may kuni "Kalyari"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi 18 mart kunidan buyon jarohati tufayli o‘yinlarda ishtirok eta olmayapti.