13:59 / 08.05.2015
2847

Putin MDH davlatlari rahbarlarini G‘alaba bayrami bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston prezidentlarini, tan olinmagan Abxaziya, Janubiy Osetiya yetakchilarini, shuningdek, Gruziya va Ukraina xalqlarini Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi bilan tabrikladi. Tabriknoma Kremlning saytida e'lon qilindi.
Tabriknomada ta'kidlanishicha, g‘alaba barcha xalqlarga tegishli bo‘lgan umumiy yutuqdir, dunyoni millatchilikdan qutqarish uchun barcha xalqlarning o‘g‘lonlari yelkama-yelka kurashgan; ularni yodga olish esa avlodlarning burchidir.
Shuningdek, Putin urush yillari toblangan do‘stlik va birodarlik tuyg‘usi xalqlar orasida abadiy saqlanib qolishiga ishonch bildirgan.

Top