18:45 / 08.05.2015
2128

Ravshan Ermatov Qozog‘iston – Burkina-Faso o‘yinini boshqaradi

12 may kuni Olma-ota shahrida Qozog‘iston hamda Burkina-Faso terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Qozog‘iston Futbol federatsiyasi taklifiga binoan ushbu o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.

Uchrashuvda bosh hakam vazifasini Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov bajaradi. Unga qanotlarda Jahongir Saidov hamda qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi.

Top