14:12 / 08.05.2015
1718

Rossiya tergov qo‘mitasining saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi

Rossiya tergov qo‘mitasining rasmiy saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi. Bu haqda saytning o‘zida ma'lumot berildi.
Aytilishicha, xakerlar saytga 6 may mitingi ishtirokchilarining qo‘lga olinishi to‘g‘risidagi axborotni joylashtirgan.
Hujum Moskva vaqti bilan bugun ertalab soat 9:04da uyushtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 6 may kuni Bolotniy maydonidagi norozilik namoyishi yubileyiga bag‘ishlangan miting uyushtirilgan edi. Mitingning bir qancha ishtirokchisi politsiya tomonidan qo‘lga olinganligi matbuotda ma'lum qilingan edi.

Top